Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Mourino: "Real" va "Barselona" uchun Chempionlar ligasi fevralda boshlanadi
.
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ustozi Joze Mourino kecha bo‘lib o‘tgan “Bazel”ga (3:0) qarshi EChL guruh bosqichining ilk turidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra qit’aning etakchi jamoalari uchun ushbu musobaqa pley-off bosqichidan boshlanadi.
“Real”, “Barselona” va “Bavariya” kabi klublar uchun Chempionlar ligasi fevraldan boshlanadi. Ular hozir chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.

Fevralda, ingliz klublari “boksing dey” asoratlaridan o‘zini tiklash arafasida yurgan paytlarida ular yangi kuch bilan kurashni boshlashadi. Biz esa hozircha pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashishda davom etishimiz kerak. Agar biz buni uddalasak, shundan so‘nggina kuchli jamoalarga qarshi o‘ynab zavq olishimiz mumkin”, -deydi Mourino Marca nashriga bergan intervyusida.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1038 marta
Izohlar: 20 marta
Sana: 13.09.2017 / 13:12
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 20