Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
O'FF yangi prezidenti - Umid Ahmadjonov!
.
Bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot va saylov konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

O'FF nizomiga ko'ra Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina nomzod ilgari surildi. Bu Umid Ahmadjonov edi. Konferentsiya ishtirokchilari bir ovozdan bu nomzodni qo'llab quvvatlashdi.

Unda O'FFning yangi prezidenti nomi elon qilindi. Shu kunga qadar O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associatsiyasi Raisi o'rinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Axmadjonov O'zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida elon qilindi.

Mirabror Usmonov 10 yillik faoliyatidan so'ng o'rnini Ahmadjonovga bo'shatib beradigan bo'ldi.

O'FFning yangi rahbariyati bilan tanishing:

O'FF prezidenti:

Ahmadjon Umid Mahamatjonovich

O'FF vitse-prezidenti:
Ramatov Achilbay Jumaniyozovich
Bobojonov Po'lat Razzaqovich
Isroilov SHoakram Xolmatovich

O'FF ijroqo'm azolari:
Qurbonov Rustam Javdatovich
SHodiev Bobur SHodievich
Aliev Murod Boqievich
Rajabov Mansur Qo'chqo'rovich
Yarashev Komil Dehqonovich
Jalolov Narimon Jalolovich

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 558 marta
Izohlar: 12 marta
Sana: 12.09.2017 / 11:02
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 12