Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real» Ronalduga shunchalik muhtojmi?
.
“Levante”ga qarshi o‘yin ko‘rsatib berdiki, “Real”da vaziyatlardan unumli foydalana oladigan hujumchi yo‘q. Vaskesda tajriba kam, Mayoralda tajriba yo‘q, Benzema esa beqaror futbolchi. Vaholanki, “qirollik klubi”da Messi yoki Neymar kabi kuchli hujumchilar harakat qilishi lozim. Ronaldu va Beyl borku, deyishingiz mumkin, biroq ular yarim himoyachi, markaziy hujumchi emas. Jamoada esa markaziy hujumchining o‘rni bo‘lakcha.

Ayni paytda Zidanda tarkib va taktikani quyidagicha o‘zgartirish imkoni bor, ya’ni Ronaldu markaziy hujumda o‘ynashi, qanotlarda esa Isko va Beyl harakat qilishi kerak. Ana shunda tarkib taxminan shunday ko‘rinish oladi:

Keylor Navas, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Kross, Kazemiro, Modrich, Isko, Beyl va Ronaldu. Yoki Beylning o'rniga Asensioni tushirsa ham bo'ladi. Hisob ishonchli ko'rinishga kelganda esa Ronalduni Mayoral bilan almashtirish mumkin, har holda Mayoral ham amaliyot kerak.

Ayni damda "Real", baribir, Ronalduga muhtoj. Bu erda gap jismoniy holatda yoki o'rinda emas, omadda, ruhiyatda va tajribada. Ronalduning maydonda ekanligi futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi, qolaversa, Ronaldu kerakli vaziyatlarda gol urishni uddalaydi. Shunday ekan, Zidan rotatsiya bilan rotatisiyaning farqi borligini anglatsa, yaxshi bo'ladi. Kechagidek tajribalarini esa o'rtoqlik o'yinlarida qo'llagan maqul. Aytgancha, yana bir gap, Zidan Benzemani qanchalik yaxshi ko'rmasin, undan voz kechgani maqul, chunki bunday holatlarning yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi Babayan misolida ko'rdik.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1440 marta
Izohlar: 29 marta
Sana: 10.09.2017 / 13:54
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
<< 1 2
Umumiy: 29
<< 1 2