Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Karvaxal "Atletiko"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi
.
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Madrid derbisida ishtirok etmaydi.

18 noyabr kuni "Qirollik klubi" LaLiganing 12-turida "Atletiko" bilan o'ynaydi. Oldinroq, yuragi bilan muammo bo'lgan Karvaxal maydonga qaytishga tayyorligi elon qilingan edi.

Daniel Karvaxal davolanishning so'nggi bosqichida, biroq shifokor Sesar Kesadaning so'zlariga ko'ra, futbolchi asta-sekinlik bilan yuklamalarni oshirib borishi kerak.

"Real" darvozaboni Keylor Navas ham yordam bera olmaydi. Kostarikalik bir oydan beri jarohatini davolamoqda va hozircha o'ynashga tayyor emas.

"Atletiko" - "Real" o'yini "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 534 marta
Izohlar: 11 marta
Sana: 14.11.2017 / 18:19
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 11