Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu va Messi endi futbolchi talashmoqda
.
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubda qolishiga sabab bo'lgan shartlardan birini aytdi. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, Ronaldu jamoa yarimhimoyachisi Luka Modrich o'rniga o'rinbosar topgan. Portugaliyalik forvard «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresdan «Tottenhem» yarimhimoyachisi Dele Allini aynan shu o'ringa sotib olishlarini so'ragan.

Dele Alli «Real»ga qarshi EChLda ikki marta juda yaxshi o'yin ko'rsatgan va Londondagi uchrashuvda dublga erishishning ham uddasidan chiqqandi.

Qiziq tomoni, bir kun muqaddam «Barselona» etakchisi Lionel Messi klub rahbarlaridan aynan Dele Allini Kataloniyaga olib kelishlarini so'ragandi. Aftidan bu ikki futbolchi o'rtasida yangicha kurash avj oladigan ko'rinadi. Endi ular bir futbolchini o'z sherigiga aylantirish bo'yicha bahs olib borishadi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1596 marta
Izohlar: 11 marta
Sana: 14.11.2017 / 12:16
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 11