Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real»ni qiyin taqvim kutib turibdi
.
Madridning "Real" klubi 18 noyabr kuni La liganing 12-turi doirasida «Vanda Metropolitano» stadionida "Atletiko" mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs bilan Zidan jamoasining qiyin o‘yinlar taqvimi boshlanadi.

"Qirollik klubi" 33 kun ichida 10ta uchrashuv o‘tkazadi. La liga doirasida "qaymoqranglilar"ni "Atletiko"dan tashqari Bilbaoning "Atletik"i, "Sevilya" va "Barselona"ga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi.

Shuningdek, "Madrid" 29 noyabr kuni safarda APOELga qarshi o‘yinda Chempionlar ligasi bahsini o‘tkazadi. "Real" bu o‘yinda g‘alaba qozonish orqali guruhdan chiqish masalasini muddatidan aval hal qilib olishi mumkin. Aks holda jamoani "Borussiya Dortmund"ga qarshi yana bir murakkab uchrashuv kutib turadi.

Bundan tashqari, "Real" "el-klasiko" oldidan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytadi. Bu esa "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan o‘ta muhim o‘yin oldidan realchilarga ortiqcha jismoniy yuklama beradi. Zidan shogirdlari BAAdan qaytishganidan keyin oradan 3 kun o‘tib "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ni qabul qilishadi.

«Real»ning 2017 yil oxiriga qadar o‘yinlar taqvimi:

La liga, 12-tur. 18 noyabr. «Atletiko» - «Real»

ECHL, 5-tur. 21 noyabr. APOEL - «Real»

La liga, 13-tur. 25 noyabr. «Real» - «Malaga»

Ispaniya kubogi, 1/16 final. 29 noyabr. «Real» - «Fuenlabrada»

La liga, 14-tur. 3 dekabr. «Atletik» - «Real»

ECHL, 5-tur. 6 dekabr. «Real» - «Borussiya D.»

La liga, 15-tur. 10 dekabr. «Real» - «Sevilya»

Klublar o‘rtasidagi JCH, yarim final. 13 dekabr

Klublar o‘rtasidagi JCH, final (yoki 3-o‘rin uchun o‘yin). 16 dekabr

La liga, 17-tur. 20 dekabr. «Real» - «Barselona»

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1671 marta
Izohlar: 16 marta
Sana: 13.11.2017 / 22:15
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 16