Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real» va «Barselona» yana bir futbolchi uchun kurashmoqda
.
Madridning «Real» va Kataloniyaning «Barselona» klubi «Manchester Siti»ga tegishli bo'lgan, joriy mavsumda ijara asosida «Jirona» tarkibida to'p surayotgan Pablo Maffeoga qiziqish bildirmoqda.

Ispaniya matbuoti bergan xabarga ko'ra, yozgi transferlar vaqtida Ispaniyaning ikki granda jamoalari ham 20 yoshli futbolchini sotib olish uchun taklif jo'natishi kutilmoqda. Ispan futbolchisining transfer qiymati 30 million evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Ammo katta ehtimol bilan «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yosh iqtidorli futbolchini jamoada saqlab qolish uchun barcha choralarini ko'radi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 942 marta
Izohlar: 5 marta
Sana: 13.11.2017 / 17:45
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 5