Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" Beylni transferga qo'yadi. Klub uning o'rniga futbolchi qidirmoqda
.
"Real" rahbariyati joriy mavsum oxirida yarim himoyachi Garet Beylni transferga qo'yadi.

Malumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" uelslik o'rniga boshqa futbolchi qidirishni boshlab yuborgan. Beylning "qaymoqranglilar" mashg'ulotidagi so'nggi jarohati klub rahbariyatining sabr kosasini to'ldirdi. Garet Beyl 2013 yilda "Real"ga o'tganidan beri 19 marotaba jarohat oldi va bor-yo'g'i 55% uchrashuvlarda ishtirok etdi. Joriy mavsum boshlanishidan oldin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino unga qiziqish bildirgan edi, biroq "Real" Beylga ushbu mavsumda imkoniyat berishga qaror qildi.

"Real" Beyl uchun 100 mln. evrodan ortiqroq mablag' to'ladi, uning shartnomasi 2022 yilninng yozida yakuniga etadi. Yozda mankunianlar u uchun 120-150 mln. evro to'lashga rozi bo'lgan edi, hozir esa uning transfer narxi 70-80 mln. evrodan oshmasligi mumkin.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1182 marta
Izohlar: 23 marta
Sana: 13.11.2017 / 12:51
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
1 2 >>
Umumiy: 23
1 2 >>