Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Ronaldu mendan ko'ra qizg'anchiqroq». «Real» futbolchisi Krishtianu haqida
.
«Real» hujumchisi Karim Benzema jamoa hujumidagi sherigi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

«Ronaldu menga qaraganda ancha qizg'anchiq futbolchi sanaladi, ammo buni normal holat deb hisoblayman. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz, u bilan birga to'p surish yoqadi. Uning egoist ekanligi meni bezovta qilmaydi. Bu jamoa foydasiga ishlasa bo'ldi», - deya Benzemaning so'zlarini keltiradi Marca.

Joriy mavsumda 29 yoshli Benzema «Real» safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylandi. 32 yoshli Ronaldu hisobida esa 12 uchrashuvda kiritilgan 8 gol va uchta pas mavjud.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1326 marta
Izohlar: 12 marta
Sana: 13.11.2017 / 10:10
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 12