Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" Neymarni sotib olib, transfer bozorini junbushga keltirishmoqchi
.
"Real Madrid" "PSJ" hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritish haqida jiddiy bosh qotirmoqda.

"Qaymoqranglilar" 2018 yilning yozida braziliyalik futbolchini 200 million ervoga sotib olib, transfer bozorini junbushga keltirishmoqchi. Mazkur transferni amalga oshirish uchun "Real", katta ehtimol bilan, yanvar oyida yangi futbolchi sotib olish uchun pul sarflamaydi.

Madridliklar Krishtianu Ronalduni saqlab qolgan holda Neymarni sotib olish orqali 2018/19 yilgi mavsum oldida tarkibni yulduzli ko‘rinishga keltirib qo‘yishmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

"Real" rahbariyati hozirgi transfer bozorini tahlil qilib chiqib, jahon darajasida yulduz bo‘lmagan boshqa futbolchi uchun 150 million evro atrofida pul sarflash maqsadga muvofiq emas deb topdi. Klub asosan yosh iqtidor egalari bilan shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Jamoa 2018 yilda Neymarni qo‘lga kirita olmasa, 2019 yilda mazkur transferni qo‘lga kiritish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladi.

Neymarning transferi "Real" uchun ancha qimmatga tushishi mumkin. Bunda futbolchining transfer narxi, futbolchining maoshi, mukofotlari va soliqlar bilan birgalikda xarajatlar 450 million yevroga yetishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida. Ushbu xabarni e’lon qilgan "Marca" nashri bosh muharriri Xose Feliks Dias, o‘z vaqtida Toni Kroos, Mateo Kovachich, Garet Beyl, Vinisius Junior kabi futbolchilarning "Real" o‘tishi haqida birinchi bo‘lib ma’lumot tarqatgandi. Shuningdek, u Benites iste’foga chiqarilishi hamda jamoani Zidan boshqarishi haqidagi xabarni ham 1 kun avval tarqatgandi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 2343 marta
Izohlar: 26 marta
Sana: 12.11.2017 / 09:40
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
<< 1 2
Umumiy: 26
<< 1 2