Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" Mariano Diasni qaytarib sotib ololmasligi mumkin
.
“Lion” prezidenti Jan-Mishel Olyas matbuotdagi gaplarga javob qaytardi.

Matbuotda “Real” “Lion” hujumchisi Mariano Diasni istalgan paytda qaytarib sotib olishi mumkinligi yozilgandi.

“Real” Diasni istagan paytda qaytib sotib olishi mumkin?! Bu noto‘g‘ri. Chunki bizning shartnomamizda “Real”ga Diasni qayta sotib olish huquqini beradigan band yo‘q”, deb yozdi prezident tvitterdagi sahifasida.

Mariano o‘tgan mavsumda “Real”dan “Lion”ga 8 mln yevro evaziga o‘tgandi. U ayni damda Liga 1 da to‘purarlardan biri hisoblanadi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 864 marta
Izohlar: 14 marta
Sana: 11.11.2017 / 17:51
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 14