Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Rasman Madrid derbisiga hakam tayinlandi
.
Andalusiyalik hakam David Fernandes Borbalan "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadigan "Atletiko Madrid" va "Real Madrid" uchrashuvini boshqarib boradi.

Ushbu hakam o'tgan yili "Visento Kalderon"da bo'lib o'tgan so'nggi derbini ham boshqarib borgan edi. 2016-yil 19-noyabrda kechgan baxsda Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Yakuniy hisob esa (4:0).

Shuningdek, Fernandes 2014-yil Ispaniya Superkubogida ham "Real" va "ATM" baxsini boshqarib borgan edi, uchrashuvda Diego Simeone shogirdlari kichik hisobda (0:1) zafar quchgan. Ma'lumot uchun, ushbu Madrid derbisi David Fernandes Borbalan uchun faoliyatidagi so'nggi Madrid derbisi bo'ladi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 762 marta
Izohlar: 9 marta
Sana: 10.11.2017 / 15:42
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 9