Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Saytimizning barcha foydalanuvchilari diqqatiga!
.
Assalomu alaykum, hurmatli saytimiz foydalanuvchilari va aziz fanatdoshlar!

Saytimiz qisqa muddad ichida ancha rivojlana oldi va bugungi kunda rivojlanish yo'lidan borayotgan saytlar qatoriga kiradi. Bu kunlarga yetishimizda foydalanuvchilarimizning hissasi juda katta sizlar bo'lmaganingizda balkim saytimiz allaqachon yopilib ketgan bo'lardi.

Bugun saytimiz sizlarning etiboringizga kichik loyihani taqdim etadi. Ushbu loyiha saytimiz kelajagi uchun va katta hissa qo'shadi bunga ishonchimiz komil. Bu loyihamiz bilan saytimizda yozilayotgan fikrlarni kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Yangi loyiha "Eng sara fikrlar" deb nomlanadi. Har hafta saytimizdagi eng yaxshi 10ta fikrlarni tanlab olib etiboringizga yetkazamiz. Loyiha dushanba kunidan boshlab o'z kuchiga kiradi hamda yakshanba kuni natijalar elon qilinadi. Albatta, fikrlar manoli va uzunroq bo'lishi kerak. Qisqa va manosiz fikrlar bildirishdan tiyilaylik.

Saytimiz foydalanuvchilarining ko'pchiligi yoshlardan iborat. Bu loyihani tashkil etishimizning boisi mana shu yoshlarning, fikrlash qobiliyatini yanada o'stirish, ular uchun erkin minbar yaratib berish, ularda o'zaro bahs-munozaraga kirishish madaniyatini shakllantirishdir. Shuni unutmang-ki g'iybat qilmoq, ko'rolmaslik, tuhmat qilmoq bu fikrlash qobilyati pastlikdan dalolat beradi. Ammo inson ulg'ayar ekan, uning fikrlash qobilyati ham, tushunib yetishi ham, birmuncha ulg'ayadi.

Biz yangiliklar chiqaramiz sizlar o'qib izohlarga fikr mulohazalaringizni bildirsangiz, biz bundan ilhomlanib tez tez yangiliklar chiqarishga harakat qilamiz. Yoki aksincha fikr yozmasangiz demak hech kim o'qimayapti ekan deb odamni yangilik chiqargisi ham kelmaydi. Shunday ekan hammamiz do'stu birodarlarmiz qizlar esa opa singillarimiz hurmat qilgan holda fikrlarda so'kinmasdan, urushmasdan kamsituvchi haqoratli so'zlar ishlatmasdan o'z fikrlarimizni do'stlar davrasida bahram ko'raylik.

Loyihada saytimizdan ro'yxatdan o'tgan barcha foydalanuvchilar qatnashishlari mumkin. Agar siz saytimizdan ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz tepadagi RO'YXATDAN O'TISH sahifasiga kirib malumotlarni to'ldirib saytimizga qo'shilishingiz mumkin. Keyin esa KIRISH sahifasi orqali login parolingizni kiritib yangiliklarga fikr bildirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Marhamat o'z fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Hurmat ila admin!

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 3141 marta
Izohlar: 72 marta
Sana: 09.11.2017 / 23:16
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
<< 1 2 3 4 >>
Umumiy: 72
<< 1 2 3 4 >>