Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni oshkor qildi
.
Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldu 7 yoshli o‘g‘li kichik Ronalduning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“U futbolni juda ham yaxshi ko‘radi va doim futbol o‘ynab turadi. Uni ba’zida o‘tirib tushlik qilib olishi uchun majburlashimga to‘g‘ri keladi. Chunki Ronaldu kunduzi va kechasi faqat futbol o‘ynash bilan band. O‘ylaymanki, futbolga bo‘lgan mehr uning qonida bor.

O‘g‘lim juda mehribon, diqqatli va tez do‘stlashib ketadigan bolalar turidan hisoblanadi. Har doim boshqalar bilan ochiqcha gapirishga o‘rgangan.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori, kimdir u bilan bir marta gaplashib ko‘rsa, darrov yoqtirib qoladi. Kichik Ronaldu bilan faxrlanadigan sabablar ko‘p, u mening bo‘lajak davomchim”, — deydi Ronaldu Daily Express nashriga bergan intervyusida.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1101 marta
Izohlar: 11 marta
Sana: 09.11.2017 / 20:58
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 11