Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu so'nggi 12 yil ichidagi eng yomon startni qayd etdi
.
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun bu mavsum anchagina omadsiz tarzda o‘tmoqda.

Portugaliyalik forvard dastavval diskvalifikatsiyaga uchragan bo‘lsa, so‘ng uni “golsizlik epidemiyasi” ta’qib etmoqda.

Jumladan, Ronalduning hisobida La liga doirasida o‘tkazilgan 11 turdan so‘ng bor-yo‘g‘i 1 tagina gol mavjud.

Bu uning oxirgi 12 yil ichidagi eng yomon starti bo‘ldi. U so‘nggi bor bunday natijani 2005/06 yilgi mavsumda qayd etgan edi. O‘sha vaqtlar “Manchester Yunayted” safida APLning dastlbki 11 turida birorta gol kiritmagan edi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 576 marta
Izohlar: 6 marta
Sana: 09.11.2017 / 20:51
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 6