Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Real» yozda sotib yuborgan futbolchisini orqaga qaytarmoqchi
.
«Lion» hujumchisi Mariano Dias «Real»ga qaytishi mumkin.

Yozda qirollik klubi 24 yoshli kataloniyalikni 8 mln evro evaziga «Lion»ga sotib yuborganida, uni qaytarib olish huquqini o'zida saqlab qolgan edi.

El Confidencial xabariga ko'ra, madridliklar 2018 yil yozida shu huquqdan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Bosh murabbiy Zinedin Zidan shaxsan Marianoni Madridga qaytarish tarafdori bo'lib turibdi. Mutaxassis Ronaldu, Benzema va Beyl sermahsulligining pasayib ketganidan norozi bo'lmoqda. Malumki, Primera o'yinlarida uchlikning hisobida atigi 4ta gol bor. Zidan «Lion»da tajriba to'plab olgan Mariano «Real» tarkibida o'ynab ketishiga ishonmoqda.

Qayd qilish joizki, Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mariano Dias 9ta gol urgan. U Nabil Fekir va Depp bilan birga Evropaning eng sermahsul hujumchilari uchligini tashkil qilib turibdi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1314 marta
Izohlar: 6 marta
Sana: 09.11.2017 / 19:32
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 6