Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" tekinga "Atletik" darvozabonini qo'lga kiritishi mumkin
.
"Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Real" qiziqishlari doirasida.

Madridliklar 23 yoshli darvozabonning Bilbao klubi bilan shartnoma uzaytirish jarayoni qanday kechayotganini diqqat bilan kuzatishmoqda. Uning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

"Real" Arrisabalagani "Qirollik klubi"ning birinchi raqamli darvozaboniga aylantirmoqchi. Agar dekabrgacha "Atletik" golkiper bilan shartnomani uzaytirmasa, u o'zi istagan klub bilan muzokara o'tkazishi mumkin.

"Atletik" darvozabonga maoshi oshirilgan shartnoma taklif qildi. Bitimda darvozabonning tovon puli 75 mln. evro bo'ladi.

Futbolchi agentlarining fikricha, rahbariyat uning tovon pulini katta qilganiga yarasha, maoshi ham shunga arziydigan bo'lishi kerak. Hozircha Arrisabalagaga 2,2 mln. evrolik maosh taklif qilmoqda. "Real" esa har tomonlama yaxshiroq bitim taklif qilishga tayyor.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 516 marta
Izohlar: 5 marta
Sana: 09.11.2017 / 17:44
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 5