Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ramos: «Neymar «Real»ning o‘yinini kuchaytirgan bo‘lardi»
.
«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoaga Neymarning kelishidan xursand bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Avvalroq "Qirollik klubi" braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlagani haqida xabar tarqalgandi.

«Jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynash menga yoqadi. Neymar esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. "Barselona"dan "Real"ga o‘tishga qaraganda "PSJ"dan bizning safimizga o‘tish osonroq. Futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Albatta, Neymarning "Real"ga o‘tishi biz uchun foydali bo‘lardi. U bilan yaxshi munosabatlarga egaman. Men uning transferiga qarshilik qilmagan bo‘lardim», — dedi Serxio Ramos.

Neymar «Barselona»da o‘ynayotganida ikki marta diskvalifikasiyadan foydalanib, singlisining tug‘ilgan kuni uchun Braziliyaga borib kelgandi. Bu borada "Real" sardori quyidagicha javob berdi: «Neymar safimizga qo‘shilishdan oldin singlisining tug‘ilgan kunini muhokama qilib olamiz», — dedi Ramos yuzida tabassum bilan.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 678 marta
Izohlar: 6 marta
Sana: 09.11.2017 / 08:54
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 6