Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
«Yangi Neymar» kelasi mavsumdan «Real» tarkibiga qo'shiladi
.
Braziliyaning «Flamengo» klubida ijarada o'ynayotgan «Real» hujumchisi Vinisius Junior kelasi mavsumdan boshlab Qirollik klubi tarkibiga kelib qo'shiladi.

Diario Gol xabariga ko'ra, prezident Florentino Peres shu haqda qaror qabul qilgan.

Eslatib o'tamiz, vatanida «yangi Neymar» laqabini olgan 17 yoshli hujumchi uchun «Real» 45 million evro to'lab, uni 2019 yilgacha ijarada qoldirgan edi. Biroq, hujumchilar bilan bog'liq muammo tufayli, «qaymoqlilar» uni muddatidan oldin chaqirib olishga qaror qildi.

Joriy mavsumda Vinisius «Flamengo» tarkibida 26 o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1329 marta
Izohlar: 5 marta
Sana: 08.11.2017 / 18:34
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 5