Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Ronaldu «Real»ga Keynning kelishini istamayapti
.
Ispaniyalik obro'li jurnalist Gilem Balage «Tottenhem» hujumchisi Harri Keynning «Real»ga transferi haqida o'z fikrini aytdi.

«Tottenhem» hujumchisi juda sifatli o'yin namoyish qilmoqda. So'nggi yillarda londonliklar juda ajoyib o'yin namoyish etib, boshqa klublarning etiborini tortmoqda. Bir necha futbolchi top-klublarning nazariga tushgan.

Albatta, «Real» Harri Keynni kuzatmoqda. Madrid klubi Karim Benzema o'yinining pasayib ketgani tufayli, yangi hujumchiga muhtoj. Hozir ular Harri Keyn va Dele Allini kuzatib boryapti.

Biroq, Krishtianu Ronaldu Benzema bilan birga o'ynashni istayapti. U Keynning kelishini xohlamayapti», – dedi jurnalist Sky Sports News telekanali efirida.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1077 marta
Izohlar: 12 marta
Sana: 08.11.2017 / 11:58
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 12