Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Shuster: «Gol urolmayotgan Ronalduning aftini ko'rish yoqimli»
.«Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Berndt Shuster hujumchilar Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemaning Ispaniya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz o'yiniga izoh berdi.

Malumki, futbolchilar bir necha o'yinlardan buyon raqib darvozasini ishg'ol etolmayotgandi.
«Hozir ular gol urolmayapti, ammo bundan xavotirga tushmaslik kerak. Chunki, boshqalar gol urmoqda. Masalan, Isko va Kasemiro. Biroq, hujumchilar gol urishi uchun murabbiylar ham ishlashi kerak. Agar bir o'yinda gol ursa, vaziyat umuman o'zgarib ketishi mumkin.
.Gol urolmayotgan Ronalduning aftini ko'rish yoqimli. Bu hujumchilarga xos holat. Men Raul bilan ishlaganman. «Real»da boshqa hujumchilar ham bo'lgan. Ular gol urolmasa, seni eb qo'yishga tayyor edi.

Ularni golli uzatmalarni amalga oshirishga majburlamaslik lozim. Ular gol bilan yashaydi», — deb Shuster so'zlarini keltirmoqda AS.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1476 marta
Izohlar: 12 marta
Sana: 07.11.2017 / 14:11
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 12