Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
Eng qimmatbaho tarkibga ega klublar reytingi tuzildi
.
Angliyaning «Manchester Siti» klubi tarkibi dunyoning eng qimmatbaho tarkibi deb topildi. Bu haqda CIES Football Observatory tadqiqot markazi xabar bermoqda.

Markaz tadqiqotlariga ko'ra, ingliz klubining umumiy narxi 1,2 milliard evroga teng deya baholanmoqda. Jamoa tarkibida eng qimmat futbolchi sifatida Kevin De Bryuyne etirof etilgan bo'lib, uning narxi 144,5 million evroga baholangan. Shuningdek yana uch nafar «Siti» futbolchisining asl bozor narxi 100 million evrodan baland sifatida ko'rsatilgan. bular: Rahim Sterling, Leroy Sane va Gabriel Jezus.

Tarkib jihatdan ikkinchi o'rinda «Tottenhem» jamoasi etirof etilgan. Eng qimmat futbolchisi Harri Keyn (186 million evro) bo'lgan londonliklarning umumiy bahosi 1, 17 milliard evroga baholangan. Uchinchi o'rinda «Barselona» jamoasi bormoqda. Jamoa tarkibining umumiy qiymati 1,13 milliard evro. Eng qizig'i «Barselona» tarkibidagi eng qimmat futbolchi sifatida Luis Suares ko'rsatilgan bo'lib, uning narxi 134 million evroga baholangan.

Kuchli o'nlikdan «Chelsi» (1,04 mlrd evro), «Manchester Yunayted» (919), «Real Madrid» (903 mln, eng qimmat futbolchisi Ronaldu — 96 mln evro), «Liverpul» (901 mln evro), «PSJ» (864 mln evro), «Atletiko» (800 mln evro), «Yuventus» (743 mln evro) kabi jamoalar o'rin olgan.
.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 1482 marta
Izohlar: 11 marta
Sana: 06.11.2017 / 17:42
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 11