Logotip
Bosh sahifaKirishRo'yxatdan o'tish
"Real" A Seriyadan himoyachi sotib olmoqchi
.
Madridning “Real” klubi “Latsio” himoyachisi Stefan de Vreyga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Diario Gol nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlash lozimki, 25 yoshli gollandiyalik futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u “Latsio”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, de Vrey “Latsio” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

← AvvalgiKeyingi →

Ko'rildi: 984 marta
Izohlar: 6 marta
Sana: 06.11.2017 / 15:19
Saytimizdan ro'yxatdan o'ting va yangilikga fikr bildiring!
Umumiy: 6